
Ispaniya nashri o‘tgan mavsumning eng yaxshilarini aniqladi. Kuchli uchlikni "Real" futbolchilari band qilgan
"Marca" nashri talqiniga ko‘ra, Karim Benzema 2021/2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ispaniya gazetasi o‘tgan mavsumning eng yaxshi 100 futbolchisi ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ro‘yxat oltmishdan ortiq davlat jurnalistlari va ekspertlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tuzildi.
Quyida top-20talik bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
1. Karim Benzema – forvard, «Real Madrid»;
2. Tibo Kurtua – darvozabon, «Real Madrid»;
3. Vinisius Junior – vinger, «Real Madrid»;
4. Muhammad Saloh – vinger, «Liverpul»;
5. Kilian Mbappe – forvard, «PSJ»;
6. Luka Modrich – yarim himoyachi, «Real Madrid»;
7. Kevin de Bryuyne – yarim himoyachi, «Manchester Siti»;
8. Robert Levandovski – forvard, «Bavariya»;
9. Virdjil van Deyk – himoyachi, «Liverpul»;
10. Sado Mane – vinger, «Liverpul»;
11. Bernardu Silva – yarim himoyachi, «Manchester Siti»;
12. Erling Xoland – forvard, «Borussiya» Dortmund (»Manchester Siti»ga o‘tdi);
13. Trent Aleksander-Arnold – himoyachi, «Liverpul»;
14. Luis Dias – vinger, «Liverpul»;
15. Rafael Leau – forvard, «Milan»;
16. Kristofer Nkunku – yarim himoyachi, «Leyptsig»;
17. Son Xyon Min – hujumchi, «Tottenxem»;
18. Darvin Nunes – forvard, «Benfika»;
19. Joau Kanselu – himoyachi, «Manchester Siti»;
20. Rodri – Yarim himoyachi, «Manchester Siti».
Fikrlar