
Ispaniya kubogi. "Madrid derbisi"da "Real" g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi
Ispaniya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan "Real" - "Atletiko" bahsi yakunlandi. O‘yinda "qaymoqranglilar" kambek amalga oshirib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Dastlab, Morata 19-daqiqada hisobni ochdi. 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Rodrigo gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi. Qo‘shimcha taymlarda esa "matraschilar" bir kishi kam bo‘lib qoldi. Qolgan daqiqalarda Karim Benzema va Vinisius gol urib hisobni 3:1 ko‘rnishiga olib keldi.
Shu tariqa, "Real" Ispaniya kubogining yarim finaliga chiqdi. Turnirda "Osasuna", "Atletik" va "Barselona" o‘z yurishini davom ettirmoqda.
Fikrlar