Ispaniya kubogi. "Atletik" "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yubordi

  • 21 yanvar, 2022, 06:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Atletik" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 3:2 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Bahsning 2-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Muniain hisobni ochdi. 20-daqiqada kataloniyaliklarning yangi futbolchisi Ferran Torres oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 

86-daqiqada "basklar" a’zosi Martines yana jamoasini oldinga olib chiqdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Pedri gol urib, muvozanatni tikladi.

Ekstra taymlarning birinchisida Alba jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynadi va hakam "Barsa" darvozasi tomon penalti belgiladi. Muniain nuqtadan aniq zarba yo‘llab, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!