Ispaniya futbolchilari afsusda...

  • 25 sentabr, 2022, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar ligasining beshinchi turida Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Shveytsariyaga sensatsion tarzda yutqazib qo‘ydi.

Tecno

Akanji va Embolo tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi. Yagona javob to‘pi Alba hisobiga yozildi.

UEFA saytining ma’lum qilishicha, Ispaniya terma jamoasining 19 yil davom etgan uyidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi. Ispaniyaliklar so‘nggi bor 2003 yili Evropa chempionati saralash turniri doirasida Gretsiyaga 0:1 hisobida yutqazgan edi.

Shundan beri “qizil furiya” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ketma-ket 56 ta uchrashuvda hech kimga yutqazmay kelayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!