Ispan klubi etti o‘yinchini haydayapti

  • 3 fevral, 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatida ishtirok etayotgan “Sevilya” tarkibini optimallashtirishga qaror qildi. Klub rahbariyati xarajatlarni qisqartirish maqsadida jamoaga foyda keltirmayotgan etti nafar futbolchi bilan xayrlashadi.

Tecno

“Sevilya”ni birinchilardan bo‘lib tark etadiganlar ro‘yxatiga Valentin Barko, Kelechi Ixeanacho, Pedro Ortis, Suso, Markao, Xuanlu Sanches va Tangi Nianzou kiritildi.

Bu futbolchilarning aksariyati etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Hali La Ligada birorta uchrashuvda ishtirok etmaganlari ham bor.

Ro‘yxatdagilardan Xuanlu Sanches asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi va 16 ta uchrashuvda ikkita gol urishga ham erishgan.

Yana bir mashhur o‘yinchi Kelechi Ixeanacho o‘n marta maydonga tushgan bo‘lsa-da, raqib darvozasini biror marta ishg‘ol qilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!