
ismoil gonsalveshning goli "istiqlol"ga g‘alaba keltirdi
"Paxtakor"dagi o‘yinlari orqali o‘zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Ismoil Gonsalvesh to‘p tepadigan "Istiqlol" klubi bu tur safarda "Fulad" bilan kuch sinashdi.
Mazkur bellashuvda tehronliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi "Istiqlol"ning so‘nggi goliga zaxiradan maydonga tushgan Gonsalvesh mualliflik qildi.
Shu tariqa, Gonsalveshning jamoasi hisobidagi ochkolar soni 37 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Eron Pro-ligasi. 20-tur
"Fulad" - "Istiqlol" 1:3
Gollar: Beyt Said (38) - Godvin Mansha (15), Ayanda Patosi (40), Ismoil Gonsalvesh (90+5).
Fikrlar