Islom To‘xtaxo‘jaevning legionerga aylanayotgani tasdiqlandi. Futbolchining keyingi manzili aniq

  • 25 iyul, 2022, 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum" klubi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jaev faoliyatini xorijda davom ettiradi. Futbolchiga Qatarning “Al-Garafa” jamoasidan taklif bor.

Tecno

Ushbu ma’lumotni navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich bir necha kun avval SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida tasdiqladi.

- To‘xtaxo‘jaev hali ketmadi. Ammo bugun-erta ketish ehtimoli bor. Unga Qatardan juda yaxshi taklif bo‘ldi. Bunday chaqiruv bo‘lgach, biz bunga qarshi chiqmadik. Futbolchida mana shunday taklif paydo bo‘lgach, men unga darhol ruxsat berdim. Chunki Islomga qiziqarli taklif tushgandi. Men, rahbarlar va butun jamoa To‘xtaxo‘jaev uchun xursandmiz. Biz uning faoliyatini Qatarda kuchli chempionatda davom ettirishidan mamnunmiz. Chunki Qatar birinchiligi Osiyodagi kuchli chempionatlardan biri. Islomga "Qizilqum"ga shuncha vaqt yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Unga keyingi faoliyatida omad va sog‘lik tilayman. Jarohatlardan holi bo‘lib, muvaffaqiyatli to‘p surishini istayman, - dedi Lazarevich.

photo_2022-01-01_14-04-05

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!