Islom Qobilov: "Penalti belgilangach, hakamni menga aytgan gapi qiziq bo‘ldi"

  • 18 sentabr, 2022, 09:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada yana bir o‘yindagi vaziyat bahsli bo‘lib ko‘rinyapti. “Surxon” hamda “Lokomotiv” o‘rtasidagi o‘yinda bosh hakam Aziz Asimov “Lokomotiv” darvozasiga penalti belgiladi va bundan termizliklar unumli foydalanib 2:1 hsobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘sha holatda to‘p uchun kurashda Islom Qobilov “Surxon” hujumchisi bilan kurashdi va bir qarashda himoyachi qo‘polllik ishlatmagandek ko‘rindi. Ammo hakam vaziyatga yaqin turgandi va darhol penaltini ko‘rsatdi. Xullas, “Surxon” yutdi. Uchrashuvdan keyin o‘sha vaziyat qatnashchisi bo‘lgan Islom Qobilov bilan suhbatlashdik.

- “Surxon”ga qarshi tayyorgarlik qanday bo‘lgandi? Mag‘lubiyatga nima sabab?

- O‘yinga tayyorgarlik a’lo darajada bo‘ldi. Murabbiyimiz qo‘li ostida yaxshi shug‘ullandik. Uchrashuvga tayyor edik. Qimmatli ochkolar uchun o‘yin ekanini bilardik. Turnir jadvalini hamma ko‘rib turgandi. Biz uchun ham, raqib uchun ham imkoniyat edi. O‘yinning shiddatli kechishi aniq edi. Himoyada yo‘l qo‘ygan xatolarimiz evaziga mag‘lub bo‘ldik.

- “Lokomotiv” darvozasiga penalti belgilangan vaziyat bahs-munozaralarga sabab bo‘lyapti. Hakam sizni raqibga qo‘pollik ishlatdi, deb topdi. Aslida nima bo‘ldi?

- Penalti berishi uchun men hujumchini yaqqol itarib yuborishim yoki ushlab qolishim kerak. Axir jarima maydonchamiz ichida raqib futbolchisiga erkin o‘ynashiga jim qarab turmayman-ku. To‘p uchun kurashda ozgina kontakt bo‘ladi. Hujumchi bemalol gol urmasligi uchun men yoniga yaqinlashishim kerak. Menimcha, bunaqa vaziyatlarda penalti qo‘yilmaydi. Lekin hakamlarning qaroriga aralashmayman. Hakam xato qilgan bo‘lsa, bu o‘tdi-ketdi, biz esa 3 ochkodan mahrum bo‘ldik. Endi foydasi yo‘q. Yana bir narsani aytishim kerak, bugun chempionat doirasida faqat biz o‘ynadik. Lekin o‘yinda VAR yo‘q edi. Buni qanday tushunish kerak? Bu uchrashuv muhim edi. Agar bir kunda 3 yoki 4 ta o‘yin bo‘lsa, VARni etkazish yoki texnik tomondan muammolar bo‘lishi mumkinligini tushunsa bo‘ladi. Ammo bitta uchrashuv bo‘lgan kuni negadir VAR qo‘yilmadi. U bo‘lganida 2-3 ta vaziyatni ko‘rib chiqsa bo‘lardi.

islom2

- VAR bo‘lganida yordam berardi, deb o‘ylaysizmi? Hatto, VAR bo‘lgan o‘yinlarda ham hakamlar uni ko‘rib turib baribir xatoga yo‘l qo‘yishyapti...

- O‘zi VAR qo‘llanilganida 10-15 ta kamera bo‘lishi kerak, har tomonlama. Bizni chempionatda 3 yoki 4 ta kameradan ko‘rsatishadi. O‘sha vaziyatni boshqa tarafdan qarasangiz umuman boshqacha holat ko‘rinadi. Bizni o‘yinga kelsak, VAR bo‘lganida bizga qandaydir yordami tegardi. VAR bo‘lsa, o‘yinchilarning o‘ynashi ham boshqacharoq bo‘ladi.

- Penalti belgilangach, hakam bilan nimani gaplashdingiz?

- Hakamni gapi menga qiziq bo‘ldi. Unga raqibga tegmadim-ku, deganimda 100 foiz penalti bor, agar xato qilgan bo‘lsam meni diskvalifikatsiya qilishadi, sen xavotira olma, dedi.

- Demak, shu gapidan keyin ortiqcha tortishmadingiz-a?

- 3-daqiqadayoq sariq kartochka olganimdan keyin hamma narsani tushunib etgandim.

- Server Jeparov bosh murabbiylikka kelganidan so‘ng, nimadir o‘zgardimi?

- Albatta, Jeparov bosh murabbiy bo‘lgach, o‘yinimiz uslubi o‘zgardi. To‘p bilan muomala va xavfli vaziyatlarni yaratishimiz ko‘proq bo‘lyapti. Murabbiyimizda o‘yindan-o‘yinga tayyorlanishga vaqt kamroq bo‘ldi. FIFA kunlarida endi bir qancha muddat vaqt bor. Shu vaqt oralig‘ida o‘zi istagan narsalarni bizga yana tushuntirib beradi.

islom 1

- Kaxa Maxaradze bilan bog‘liq vaziyatga reaktsiyangiz qanday?

- Buni izohsiz qoldiraman.

- Endi milliy terma jamoaning yig‘ini boshlanadi. E’lon qilingan tarkibda siz ham borsiz. Bo‘lajak yig‘in va o‘yinlardan nima kutyapsiz?

- Terma jamoamiz uchun juda yaxshi sparring-raqiblar. Kosta-Rika ham, Kamerun ham jahon chempionati qatnashchilari. Biz uchun katta tajriba bo‘ladi. Iloji boricha bu yig‘inda murabbyining ko‘ziga yaxshi ko‘rinib, terma jamoaga yordam bermoqchiman.

- Omadsizliklar va oxirgi voqealar “Lokomotiv”ga qanchalik ta’sir qilyapti?

- Ahvolimiz qoniqarli darajada emas. Biz imkoni bor ochkolarni ololmadik. “Bunyodkor” bilan durang o‘ynadik. “Dinamo”ni o‘z uyimizda yutolmadik. Bugun “Surxon”ga mag‘lub bo‘ldik. Bundan bu yog‘iga yanada qiyin o‘yinlar turibdi. “Neftchi”, “Qo‘qon-1912”, “Olimpik”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “So‘g‘diyona”...Bo‘lar ish bo‘ldi, qo‘lni erga tushirmasdan keyingi uchrashuvlarda ochkolarni maksimum to‘plashga harakat qilamiz.

Shuhratbek Jo‘raev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akram Haedarov
18/09/2022 09:27
Shuni termaga chaqirish uchun murabbiy kamida sartarosh bo'lishi kerak. Futbolni tushunsa buni chaqirmasdi
Baxil Alihuja
18/09/2022 09:42
нега энди? Имконият хаммага берилиши керак. Харакатлари яхши, виждонли ва муомалали йигит! Хакам билан бахслашмагани ва жавобларидан анча харакатчанлиги билиниб турибди.
Baxil Alihuja
18/09/2022 09:48
Термага Сергеев деган оёги кийшик, гилай уйинчини бир неча йилдан бери чакиришади. Одилни ёрдами билан термада куп йилдан бери ёш талантларни урнини эгаллаган бу латтани аллакачон оёгини синдириб хайдаш керак. Сергеевни термага чакириш нимага керак? Ёши утиб колган булса? Ёш йигитларни хар бирига шундай имконият бериш керак. Ёш йигитларга имкон бериб, хужумни яхшилаш керак. Келажакни таъминлаш керак.