
Islom Maxachevning jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
UFCning rossiyalik engil vazn toifasidagi jangchisi Islom Maxachev navbatdagi jangini 6 mart kuni “UFC 259” da o‘tkazishi mumkin.
Rossiyalikning raqibi reytingning 15-raqamida qayd etilgan Dryu Dober bo‘lishi mumkin. Bu haqda ESPN jurnalisti Bret Okamoto ma’lum qildi.
Aslida, Maxachev va Dober 2016 yilda jang o‘tkazishlari kerak edi, ammo bu amalga oshmagandi.
Ma’lumot uchun, Maxachev so‘ngi jangini 2019 yil sentyabr oyida o‘tkazib, braziliyalik Devi Ramosni mag‘lub etgandi.
Fikrlar