Islom Maxachev vazn toifasidagi bir nechtasini jangga chorlamoqda

  • 9 oktabr, 2020, 12:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Braziliyalik Rafael Dos Anos Islom Maxachevga qarshi jang qila olmaydi, bu haqda rossiyalik jangchi Tvitter sahifasida xabar bergan. Jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 254" turniri doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Tecno

Maxachev ushbu xabardan so‘ng, Maykl Chendlerni jangga chorlagan. Jumladan, u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga “Maykl Chandler, bu siz uchun imkoniyatdir ",- deya yozib qoldirdi. Aslida, “Bellator”ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni amerikalik Chendler Abu-Dabiga zaxira tariqasida yo‘l olayotgan edi. Agar, “UFC 254” turnirining asosiy ishtirokchilaridan biri Habib Nurmagomedov yoki Jastin Getji jangda ishtirok eta olmay qolsa, Chendler oktagonga ko‘tariladi.

Maxachev, shuningdek, UFC engil vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan braziliyalik Charlz Oliveyra va avstraliyalik Den Xuker bilan ham jang qilish istagini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!