Islom Maxachev va Jek Della Maddalena jangi yil oxirigacha bo‘lib o‘tadi!

  • 28 avgust, 15:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik Islom Maxachev yil yakunigacha oktagonga qaytadi. Bu haqda uning menejeri Ali Abdel-Aziz "Red Corner MMA" bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tecno

"Maxachev va Jek Maddalena jangi, albatta, yil oxirigacha o‘tkaziladi. Biroq UFC promousheniga hurmatim bois, bu haqda batafsil ayta olmayman. Jangga kelsak, garchi Della Islom uchun juda murakkab raqib bo‘lsa-da, men rossiyalik g‘alaba qozonishiga ishonaman", — dedi Abdel-Aziz.

Ma’lumot uchun, Maddalena "UFC 315" turnirida Belal Muhammadni mag‘lub etib, yarim o‘rta vaznda chempionga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!