Islom Maxachev - yarim o‘rta vaznda UFC chempioniga aylandi!
Hozirgina AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilgan "UFC 322" turniri yakunlandi. Oqshomning "Main event" jangida avstraliyalik Jek Maddalena va rossiyalik Islom Maxachev o‘zaro to‘qnash keldi.
Quyida natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Prelim:
Mateus Kamilo hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27 x2, 29-28) Vyacheslav Borщyov ustidan g‘alaba qozondi;
Baysangur Susurkaev 3-raundda Erik MakKonikoni nokaut qildi;
Fatima Klyayn ochkolar evaziga (30-27 x2, 29-28) Anjela Xillni mag‘lub etdi;
Pet Sabatini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Chep Mariskaldan ustun keldi;
Kayl Dakas 1-raunddayoq Jeralda Myorshartni sabmishn orqali engdi;
Itsen Yuuin hakamlarning yakdil qarori bilan Malkolm Uellmeyker ustidan zafar quchdi;
Erin Blanchfild 2-raundda Treysi Kortezni sabmishn evaziga taslim etdi;
Gregori Rodriges hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Roman Kopylovdan ustun keldi;
Bo Nikal 3-raundda Rodolfo Vieyrani dahshatli tarzda nokaut qildi;
Asosiy kard:
Benua Sen-Deni 1-raunddayoq Beneil Dariushni nokaut qildi;
Karlos Prates 2-raundda Leon Edvardsni super tarzda nokautga uchratmoqda;
Maykl Morales 1-raundda Shon Bredini texnik nokautga uchratdi;
Valentina Shevchenko hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Veyli Chjang ustidan g‘alaba qozondi;
Islom Maxachev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, yarim o‘rta vaznda UFC chempioniga aylandi!



Fikrlar