
Islom Ahmedov: "Natija borasida yutqazdik, o‘yin bo‘yicha esa futbolchilardan ko‘nglim to‘ldi"
O‘zbekiston Kubogining “F” guruhidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Andijon FA” (4:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar murabbiyi Islom Ahmedov quyidagicha fikr bildirdi:
"O‘yinda bugun natija borasida yutqazdik. Lekin o‘yin bo‘yicha futbolchilardan ko‘nglim to‘ldi. Qaerdadir tajriba bo‘yicha yutqazdik. Sababi, raqib Superligamizni tajribali jamoasi edi.
O‘yin haqida fikrlarim yaxshi. Baribir uchrashuv davomida qaerdadir raqibimizni klass borasidagi ustunligi bilindi. Jamoamiz asosan 2007-2009 yillarda tug‘ilgan akademiyamiz tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan".
Fikrlar