
Islam Maxachevmi yoki Jek Maddalena?
Amerikalik UFC jangchisi Kyortis Bleyds yarim o‘rta vazn (77 kg) toifasida bo‘lib o‘tadigan chempionlik jangi — avstraliyalik Jek Della Maddalena va rossiyalik Islam Maxachev o‘rtasidagi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Men Maddalenaning faqat so‘nggi ikkita jangini kuzatdim. Garchi u UFC da 8 g‘alabali seriya qayd etayotgan bo‘lsa-da, bo‘lajak bahsda ustunlikni Islomga beraman. Chunki uning qiyinchiliklarni qanday engib o‘tishini ko‘rganman. U doim eng yuqori darajani namoyish etadi”, — dedi Bleyds jurnalist Jeyms Linchga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Della Maddalena va Maxachev qarama-qarshiligi 16 noyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar