
Islam Belal bilan jang qilmoqchi(mi?)
Engil vazn toifasi UFC chempioni Islam Maxachev yarim o‘rta vaznda chempionlik kamari sohibi Belal Muhammadga qarshi oktagonga chiqishi haqida ishora qildi.
Belalning o‘zi esa, avvalroq, hech qachon Islam bilan jang qilmasligini ta’kidlab o‘tgandi: "Men 100% Islam bilan jang qilmayman. Menga boshqa kamar kerak bo‘lsa, Dyu Plessiga qarshi oktagonga chiqaman".
Maxaxev: "Ko‘ramiz, o‘rtoq. Sen bilan mening menejerlarimiz boshqa. Aniq nima bo‘lishini xech kim bilmaydi. Ammo tez orada hal bo‘ladi. Ko‘ramiz, kuzatamiz", - deya javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, Belal Muhamad kecha Manchesterda bo‘lib o‘tgan UFC 304 turniri markaziy jangida o‘rta vazn toifasi chempioni Leon Edvardsni mag‘lub etib, divizionning yangi chempiniga aylangandi.
Fikrlar