
Isko qishda APL klubiga o‘tadi
"Real" yarim himoyachisi Isko qishki transferlar davrida jamoani tark etadi.
Tribal Football nashrining xabar berishicha, “Qirollik klubi” ispaniyalik futbolchini keyinchalik 20 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga beradi. Aytish kerakki, ijaraga oladigan jamoa Iskoning maoshini to‘liq qoplashi talab etiladi.
Iskoning agenti unga Angliya va Italiyadan jamoa qidirmoqda. Uning o‘zi esa, “Everton”ga o‘tmoqchi.
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan bu mavsum Iskoga ishonmayapti. Shu bois futbolchi bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar