Isko: "Har bir jamoa hakamning qarorlari bo‘yicha shikoyat qiladi"

  • 2 mart, 14:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 26-turi doirasida "Betis" o‘z uyida "Real Madrid"ning qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Isko Alarkon topildi. Ispaniyalik yarim himoyachi bellashuvdan so‘ng hakamlarning qarori bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Har bir jamoa hakamlarning qarorlari bo‘yicha norozi bo‘ladi. Futbolda meni zeriktiradigan yagona narsa – hakamlar haqidagi shov-shuv. 
 
Biz, futbolchilar ham yaxshilanishimiz kerak va hakamlarga yordam berishimiz lozim. Provokatsiya qilmaslik, kontaktni bo‘rttirib ko‘rsatmaslik va urilgandek ko‘rinishga harakat qilmasligimiz zarur. Shu orqali, hammamiz bir-birimizga ko‘proq yordam bera olamiz" - dedi "qirollik klubi"ning sobiq futbolchisi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli xavbek joriy mavsum 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 6 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!