
Isko: "Finallardagi xatolar juda qimmatga tushadi"
"Betis" yarim himoyachisi Isko Konferentsiyalar ligasi finalida "Chelsi"ga qarshi kechgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa birinchi taymda yaxshi o‘ynagan, ammo ikkinchi bo‘limda raqib to‘liq ustun kelgan.
"Juda og‘riqli. Birinchi taymda ko‘rganlarimizdan so‘ng bunday natija juda og‘ir kechdi. Futbol xatolarni kechirmaydi. Birinchi taymda yaxshi o‘ynadik, lekin ikkinchi bo‘limda raqib bizdan ancha ustun bo‘ldi. Biz g‘alabaga yaqin edik, lekin ustunlikdan foydalanishni bilmadik. Evropa finalidagi xatolar juda qimmatga tushadi. Juda chuqur chekindik. Muxlislarga rahmat. Ularga bu chempionlikni hadya qila olmaganimizdan afsusdamiz. Hali kurashni davom ettiramiz. Ular oldida qarzdormiz" — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Konferentsiyalar ligasi finalida "Betis" Londonning "Chelsi" klubiga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar