Ishtahang karnayku, yigit! “Barsa” katta transferdan voz kechdi

  • 17 mart, 2023, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” rahbariyati anchadan beri klub nishonida turgan Joau Kanseluni transfer qilish fikridan qaytdi.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar portugaliyalik himoyachining agenti Jorje Mendesh bilan muzokara olib borganidan keyin bu transferga qo‘l urmaydigan bo‘ldi. Asosiy sabab sifatida Kanselu juda katta maosh talab qilgani ko‘rsatilmoqda.

Endi “Barselona” zaxira variantlari bo‘yicha ish olib boradi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes himoya chizig‘iga “Vilyarreal” vakili Xuan Foytni olib kelmoqchi.

Joau Kaselu esa o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Chunki “Manchester Siti”ga tegishli futbolchi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan urishib qolgani uchun “Bavariya”ga ijaraga berib yuborilgan. Bundesliga grandi ham mavsum yakunlanishi bilan uni Angliyaga qaytarib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!