
Ishonchli manba: Ronaldu "Al-Nassr" futbolchisi
Krishtianu Ronaldu - "Al-Nassr" futbolchisi. Bu haqda Fabritsio Romano o‘z tvitter sahifasida xabar berdi.
Ayni vaqtda shartnomani tasdiqlash bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. 37 yoshli portugaliyalik hujumchining yillik maoshi 75 million evro, tijoriy kelishuvlar bilan esa 200 million evro bo‘lishi kutilmoqda.
Yaqin vaqtlar ichida "Al-Nassr" ushbu transferni rasmiy tarzda e’lon qilishi kutilyapti.
Fikrlar