Ishonasizmi? Kubok doirasidagi bahslarda "Sho‘rtan" "Paxtakor"ni ko‘proq mag‘lub etgan
Kubok bahslarining nimchorak finalida "Sherlar" 23 avgust kuni Toshkentda "Sho‘rtan"ga qarshi maydonga tushadi.
Hozirga qadar O‘zbekiston Kubogi o‘yinlarida jamoalar 6 bor o‘zaro to‘qnash kelgan. Unda toshkentliklar bir bor zafar quchgan bo‘lsa, uch o‘yinda durang qayd etilgan. Ikki bellashuvda esa raqiblar g‘alaba qozongan. "Paxtakor" 6 gol urgan holda 6 to‘p o‘tkazib yuborgan. Yana bir to‘qnashuv Liga Kubogi doirasida o‘tkazilib, unda 3:0 hisobida "sherlar" zafar quchgan.
Bu safar g‘olib bir o‘yin orqali aniqlanadi. Asosiy bo‘limlar durang bilan yakunlangan taqdirda qo‘shimcha bo‘limlar, shunda ham g‘olib nomi aniq bo‘lmagan holatda penaltilar seriyasi belgilanadi. Chorak finalga esa 25 avgust kuni qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
"Paxtakor" va "Sho‘rtan" o‘rtasidagi bahs 23 avgust, seshanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
"Paxtakor" matbuot xizmati



Fikrlar