Ish pishdi! Oston O‘runov "Spartak"da o‘ynaydi

  • 21 iyul, 2020, 15:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa” klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Oston O‘runov tez orada Moskvaning “Spartak” klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Tecno

"Chempionat" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klublar deyarli kelishuvga erishib bo‘lgan. Hozirda moskvaliklar o‘zbekistonlik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

Aytish kerakki, 19 yoshli O‘runovning ayni damdagi transferi 900 ming evroga baholanmoqda. U joriy mavsum “Ufa” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning boshqirdistonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okalaring
21/07/2020 22:02
Болага койил колиш керак! Шахсий амбициялари кучли, бу-яхши эмас, бирок интилиш хам кучли! Бу хислатига койил колмасликдан бошка илож йук. Ха, бошка илож йук, чунки болани уйинларида стабиллик йук. Гирт эгоист. Рус клублариги ундаги эгоизм дриблинг буп куринвотти. Аммо, болапакир учун самимий хурсандман, омадини берсин! Бир ниманидир исботламокчи булса, узига исботлавотти. Узбекистонда унга ухшаган болла жуда куп. Бирок, диенатни биринчи уринга куйишади, эркак-да! Болапакир эса, соккани арра килиб, олдинга юрвотти, вперёд, дерзай парень.