Ish hal bo‘ldi: “Real” hujumchisini boshqa ligaga jo‘natyapti

  • 14 dekabr, 09:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yosh hujumchi Endrik faoliyatini vaqtincha Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. “Real” asosiy tarkibga kira olmagan o‘yinchini “Lion”ga ijaraga yuboradi.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, tomonlar ijara kelishuvini to‘liq rasmiylashtirib bo‘ldi.

Endrik yozda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun to‘liq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida boshqa klubga o‘tishga rozilik berdi.

AS nashrining yozishicha, ushbu ijara barcha tomonlar uchun manfaatli bo‘lishi kutilmoqda. Endrik Evropa musobaqalarida ishtirok etayotgan jamoada o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi hamda Braziliya terma jamoasiga chaqirilish uchun Karlo Anchelottida ijobiy taassurot qoldirish imkoniyat vujudga keladi.

“Real” esa, bu orqali Endrikka sarflangan 60 million evrodan ortiq investitsiyasini himoya qilishga erishadi. Chunki “Qirollik klubi” Endrikning salohiyatini hamon yuqori baholamoqda va uning qiymatini saqlab qolishga urinyapti. Shu bois ijara futbolchi va klub kelajagi uchun muhim qadam hisoblanadi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!