
Isakka La Liganing grand klubidan xaridor chiqdi
"Barselona" Levandovskiga o‘rinbosar sifatida Aleksandr Isakni olib kelmoqchi.
Xabaringiz bor, "Barsa" qishki transferlar oynasida hech qaysi futbolchi bilan shartnoma imzolamadi. Biroq, klub mutassadilari yozda yangi futbolchilarni jamoaga olib kelmoqchi. Xususan, kataloniyaliklar rahbariyati "Nyukasl Yunayted" hujumchisi Aleksandr Isak bilan shartnoma imzolashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Bu haqda "El Cheringito" nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bosh murabbiy Flik ayni paytda jamoaning asosiy hujumchisi hisoblangan Levandovskiga aynan Isakni o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" Aleksandrni qo‘lga kiritish uchun Evropaning bir qator grand klublari bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. Avvalroq shvetsiyalik hujumchiga "Arsenal" ham qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar