
Isak "Nyukasl"dan ketmoqchi
Aleksandr Isak allaqachon "Nyukasl" rahbariyatiga kelajakdagi qarorini ma’lum qilgan. Daily Mail xabariga ko‘ra, 25 yoshli shvetsiyalik rahbarlariga boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqish istagini bildirgan.
Avvalroq, Isak sonidagi muammo tufayli "Nyukasl" bilan mavsumoldi o‘yiniga bormagan edi.
Matbuot 25 yoshli Isakni "Liverpul" bilan bog‘lamoqda, ammo "Nyukasl"ning ulkan moliyaviy talablari muammo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, shvetsiyalik hujumchiga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Aleksandr Isak "Nyukasl" safida 109 ta o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar