
Iroq terma jamoasiga niderlandiyalik mashhur murabbiy tayinlandi
Niderlandiyalik mutaxassis Dik Advokat rasman Iroq terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda IFF xabar tarqatdi.
73 yoshli murabbiy Iroqda sloveniyalik Srechko Katanets o‘rnini egalladi. Advokat oldiga Iroq termasini Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga olib chiqish qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Dik "Feyenoord"dagi faoliyatidan so‘ng qisqa muddat tanaffus olgan edi. Mutaxassis Niderlandiya, Belgiya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi termalarda ham ishlagan.
Fikrlar