
Iroda To‘laganova xalqaro tashkilotning mas’uliyatli lavozimiga tayinlandi
Hindistonning Bangalor shahrida Osiyo tennis federatsiyasi direktorlar kengashining an’anaviy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish davomida tashkilot uchun yangi rahbariyat saylash kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala bo‘ldi.
MOQ rasmiy saytining xabar berishicha ovoz berish yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston tennis federatsiyasi Bosh kotibi Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining direktorlari kengashidan joy oldi. Tailandlik Kitsombat Euammangkol esa tashkilotning yangi rahbari sifatida saylandi.
Fikrlar