Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidenti etib saylandi

  • 27 yanvar, 2020, 17:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

O‘zbekiston tennis federatsiyasining Bosh kotibi Iroda To‘laganova yana bir nufuzli lavozimga saylandi. Hamyurtimiz bugun Osiyo tennis federatsiyasining (OTF) vitse-prezidenti deb e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

To‘laganova o‘tgan yilning 1 dekabr kuni Hindistonning Bangalor shahrida o‘tgan yig‘ilishda OTF direktorlar kengashiga a’zo bo‘lgan edi. Ortda qolgan vaqt mobaynida yurtdoshimizning samarali faoliyati uni xalqaro tashkilotning vitse-prezidentlik darajasiga ko‘tardi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Iroda To‘laganovani mazkur nufuzli hamda shu bilan birga o‘ta mas’uliyatli lavozimga saylangani bilan tabriklab, hamyurtimizning faoliyatida omad tilab qoladi.

777

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!