Iqboljon Xoldorovga nufuzli promouterlik kompaniyasidan taklif bor... U qanday qaror qabul qildi?

  • 3 iyun, 2020, 18:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

   O‘zbek havaskor boksida yorqin yulduzlardan biriga aylanib ulgurgan Iqboljon Xoldorov to‘g‘risida turli xil gap-so‘zlar bot-bot quloqqa chalinib turibdi. Ya’ni, u havaskor yo‘nalishda o‘z faoliyatini to‘xtatib, butun diqqat-e’tiborini professional boksga qaratishi va bu borada nufuzli promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga erishilgani haqida ham ko‘p gapirilmoqda. Biz ushbu ma’lumotlar qanchalik haqiqat ekanligiga oydinlik kiritish barobarida uning kelgusi rejalarini bilishga harakat qildik...

Tecno

- Albatta, kelgusi rejalarim ham yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib, o‘zbekistonlik boks muxlislarini xursand qilishdan iborat. Ba’zi tarqalgan gap-so‘zlarda jon bor... Ha, professional boksda o‘z yurishimni boshlashni niyat qildim. Nufuzli promouterlik kompaniyalardan takliflar bor. Jumladan, Rossiyaning “Patriot” va   ayni vaqtda ko‘plab o‘zbek bokschilari bilan shartnomaga ega bo‘lgan “Mir boksa”ni aytib o‘tishim mumkin. Hozirda, koronavirus tufayli karantin joriy qilinganligi uchun bu ishlar ortga surildi. Nasib qilib, barchasi o‘z o‘rniga tushsa, Amerika Qo‘shma Shtatlariga borib, shartnoma borasida gaplashamiz. Biroq bu havaskordan butunlay ketdim degani emas. Shartnomani har ikki yo‘nalishda ham jang olib bora oladigan tarzda rasmiylashtirishga harakat qilamiz.

 Ma’lumot uchun, Iqboljon Xoldorov 2017 yilgi jahon chempionati vitse-chempioni, 2017 yilgi Toshkent mezbonligidagi Osiyo chempionati g‘olibi, 2018 yilgi Jakartada tashkil etilgan Osiyo o‘yinlari g‘olib sanaladi. U mazkur muvaffaqiyatlarga 64 kg vazn toifasida erishgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!