
Iqboljon Xoldarov va Elnur Abduraimov Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi (foto)
Super yarim engil vazn toifasida (58,9 kg) janglar olib boruvchi hamyurtimiz Elnur Abduraimov (8-0, 7KO) 7 may kuni Las Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tadigan Saul Alvares va Dmitriy Bivol bahsi kardida Manuel Korreaga (11-0, 7KO) qarshi ringga ko‘tarilishi haqida ma’lumot bergan edik.
Bugun Abduraimov mazkur jang uchun, shuningdek, yana bir bokschimiz Iqboljon Xoldarov ham mashg‘ulotlarni okean ortida davom ettirish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni boshqa bir hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ham meksikalik Kristian Gomesga qarshi IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.
Fikrlar