Iqboljon Xoldarov muddatdan avval g‘alaba qozondi
Kuni kecha Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahridagi shu nomdagi arenada professional boks oqshomi o‘tkazildi.
Musobaqa doirasida bokschimiz Iqboljon Xoldarov ringga ko‘tarildi. Qirg‘iz Respublikasi vakili Argen Kadirbek Uuluga qarshi kechgan 6 raundlik jang beshinchisida muddatidan avval nihoyasiga etdi. Iqboljon raqibini texnik nokaut orqali taslim qildi.
Jang super yarim o‘rta vazn toifasida tashkil etildi. Bu orqali Xoldarov prof boksdagi ettinchi jangida ettinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi.
Xabaringiz bor, ushbu boks oqshomi doirasidagi Hasanboy Do‘smatov ishtirokidagi bahs, vakilimizning sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammolar sababli o‘tkazilmadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar