
Intizomiy chora tufayli asosiy tarkibga kiritilmagan Reshford zaxirada maydonga tushib, MYuga g‘alaba keltirdi
Angliya Premer ligasi 18-turi doirasidagi "Vulverxempton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mankuniyanliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuv taqdirini Markus Reshfordning 76-daqiqada kiritgan yagona goli hal etib berdi. Angliyalik hujumchi intizomiy chora sababli asosiy tarkibda kiritilmagandi, ammo ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushirildi.
Ushbu g‘alaba natijasida "qizil iblislar" ochkolari sonini 32 taga etkazib olgan holda, kuchli to‘rtlikka kirdi.
Fikrlar