"Inter"ning MYu futbolchisidan ko‘ngli qoldi

  • 31 yanvar, 2023, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter"ning "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyofga bo‘lgan qiziqishi yo‘qoldi. Bu haqda GIFN nashri xabar bermoqda.

Tecno

Oldinroq "neradzurrilar" 28 yoshli futbolchi bilan ijara shartnomasi tuzmoqchi bo‘lgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi, ammo Manchester klubi katta ehtimol bilan bunday taklifni rad etishi boshidayoq ma’lum edi..

Bir kun avval «Manchester Yunayted»ning Viktor bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi va aynan mana shu qaror Italiya klubi rahbariyatining sportchiga bo‘lgan qiziqishiga ta’sir qilgan.

Ma’lumot uchun, Lindelyof joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!