"Inter"ning g‘alaba goli kimga bag‘ishlandi?

  • 9 aprel, 16:29
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Davide Frattezi UEFA Chempionlar Ligasidagi g‘alaba golini vafot etgan buvisi xotirasiga bag‘ishladi.

"Inter" yarim himoyachisi Chempionlar Ligasi 1/4 finalida "Bavariya"ga qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yinda (2:1) gol urdi. Uning buvisi 7 aprel kuni kasallik tufayli olamdan o‘tgan edi.

- Men butun umrim davomida o‘zimning eng kuchli tomonim aqlim deb hisoblab kelganman. Hech kim va hech narsa meni chalg‘ita olmaydi deb o‘ylardim. Biroq, bu vaziyatga duch kelganimda, ochig‘ini aytsam o‘zimni anglay olmadim. Negadir avvalgidek bemalol ishlay olmasdim, sababi buvimga juda bog‘lanib qolgan edim.

Bu juda og‘ir bo‘ldi, men uni bunday ahvolda ko‘rishga ko‘nikmaganman. "Bavariya"ga qarshi bahsda uning ruxi menga yordam berdi, men bundan xursandman va ehtimol, buvim yuqoridan turib xursand bo‘lgandir, - dedi Frattezi "Sky Sport" efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!