"Inter"da ishlari yurishmagan Godin yozda Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 9 aprel, 2020, 14:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Diego Godin mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Xabarlarga qaraganda, 34 yoshli urugvaylik futbolchi "neradzurrilar" ustozi Antonio Kontening o‘yin uslubiga moslasha olmayapti. Unga esa "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi APL grandlaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Godin “Inter” safiga 2019 yilning yozida “Atletiko”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning transferi esa 8 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!