
"Inter"da baxtini topa olmagan futbolchi Rimga qaytmoqchi
"Inter" yarim himoyachisi Radja Naingolan yozgi transfer oynasi vaqtida "Roma"ga qaytishni rejalashtirmoqda.
Antonio Konte joriy mavsumni A Seriyaning boshqa bir klubi "Kalyari" safida ijarada o‘tkazgan 32 yoshli belgiyalik futbolchini sotib yuborish rejasiga qarshi emas.
Naingolan 2014-2018 yillar mobaynida "Roma" safida to‘p surgan va 2018 yil yozida 38 million evro evaziga "Inter"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar