
"Inter" "Yuventus" gegemonligiga chek qo‘ya oladi
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bugun oqshomda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Milan derbisi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yaxshi o‘yin kutyapman. "Milan" yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti, "Inter" esa yozda tarkibini kuchaytirib oldi va jamoa "Yuventus"ning Italiyadagi gegemonligiga chek qo‘yishi mumkin.
Konte - ajoyib mutaxassis. U bilan tez-tez gaplashib turamiz. U o‘z ustida tinimsiz ishlab, bilimlarini oshirmoqda.
Boshqa tomondan Pioli va Maldini oxirgi olti oy mobaynida zo‘r ishladi. Stefano yaxshi inson va kuchli murabbiy. U qaerda bo‘lmasin katta natijalar qayd eta oladi.
Paoloning boshqaruv qobiliyatiga hech qachon shubha qilmaganman. Agar sen munosib joyda bo‘lsang adashmaysan, - deydi Anchelotti.
Fikrlar