"Inter" yarim himoyachisi "Lester"ga o‘tishi mumkin

  • 9 yanvar, 2024, 23:13
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishga harakat qilyapti. Jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska tarkibga "Inter" futbolchisi Stefano Sensini olib kelishni istamoqda. 

Tecno

Fabritsio Romanonig so‘zlariga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni boshlagan. Milanliklar yarim himoyachini jamoani tark etishiga qarshi emas. 

So‘nggi paytlarda zaxira o‘yinchisiga aylanib qolayotgan Sensi katta ehtimol bilan bu taklifni qabul qiladi. U mazkur masumda atigi 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Gvardiolaning yordamchi murabbiyi bilan mavsumni boshlagan "tulkilar" APLga kuchliroq klub sifatida qaytmoqchi. Ayni paytda jamoa Chempionshipda 65 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!