"Inter" Vidalga qiziqib qoldi, ammo...

  • 22 aprel, 2019, 19:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Arturo Vidal yana Italiyaga qaytishi mumkin.

Tecno

Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda 31 yoshli chililik futbolchiga “Inter”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Biroq, kataloniyaliklar Vidalni qo‘yib yuborishmoqchi emas va u bilan kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Vidal “Barselona” safiga 2018 yil “Bavariya”dan 18 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 45ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 18 mln evroga baholanmoqda. Vidalning kataloniyaliklar bilan shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!