"Inter" transfer oynasi yopilgunicha yana bir yirik xaridni amalga oshirmoqchi

  • 9 avgust, 2019, 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Latsio" klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich "Inter"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar 24 yoshli serbiyalik futbolchini 90 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Manchester Yunayted" Milinkovich-Savichni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining o‘zi ham “qizil iblislar” safiga o‘tishga rozilik bildirgan edi. Biroq, mankuanliklarning taklifi “Latsio”ga ma’qul kelmadi va transfer amalga oshmadi.

“Inter” Milinkovich-Savich uchun 90 mln evro to‘lashga tayyor. Faqat ushbu pulning 15 millioni keyinchalik bonus hisobida to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, Milinkovich-Savich o‘tgan mavsum “Latsio” safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z nomiga 7ta gol hamda 3ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!