“Inter” superhujumchiga dahshatli narx belgiladi

  • 5 oktabr, 2023, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines anchadan beri Evropa grandlarining nishonida turibdi.

Tecno

Ayniqsa, “Inter” hujumchisi joriy mavsumni juda zo‘r boshlagani unga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi. 26 yoshli futbolchi A Seriya va Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuvda o‘nta gol va ikkita assist qayd etdi.

Milanliklar hozir o‘z hujumchisi uchun yangi shartnoma tayyorlayapti. Taniqli insayder Janluka di Martsioning ma’lum qilishicha, “Inter” mutasaddilari Lautaro Martinesga yangi shartnoma bo‘yicha 200 million evro sifatida transfer summasini belgilab qo‘ymoqchi.

Bu bitim imzolansa, argentinalik to‘purarni transfer qilmoqchi bo‘lgan klublar 200 million evro miqdorida pul tayyorlab qo‘yishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!