"Inter" so‘nggi 3 ta o‘yinning 2 tasida mag‘lub bo‘ldi. G‘alabasiz seriya yana davom etishi mumkin

  • 11 mart, 2023, 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" A Seriyadagi so‘nggi uchta o‘yinning ikkitasida mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

 

Kecha Simone Indzagi shogirdlari 26-turda mehmonda “Spetsiya”ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Shu tariqa, “neradzurrilar” Italiya chempionatining so‘nggi uchta o‘yinidan ikkitasida mag‘lubiyatga uchrashdi, bitta uchrashuvda esa g‘alabaga erishdi.

Aytish kerakki, “Inter”ning g‘alabasiz seriyasi keyingi o‘yinda ham davom etishi mumkin. Boisi, Milan klubini A Seriyaning 27-turida “Yuventus”ga qarshi o‘yin kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" ayni damda chempionat musobaqa jadvalida 50 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!