
"Inter" so‘nggi 10 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Italiya A Seriyasi 28 turi doirasida Antonio Konte boshqaruvidagi "Inter" "Parma"ga safar qilib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Chempionat 28 turidan so‘ng "neradzurrilar" 61 ochko to‘plashdi. Bu klubning 2008/09 mavsumidan (66 ochko) keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ta’kidlab o‘tish joiz o‘sha mavsumda "Inter" azaliy raqibi "Yuventus"dan 10 ochko ko‘p jamg‘arib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar