
"Inter" prezidenti mag‘lubiyatga qanday munosabat bildirdi?
"Inter" prezidenti Beppe Marotta Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. Turnirning hal qiluvchi o‘yinida "Inter" PSJga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Bu salbiy kecha bo‘ldi, raqib bizdan har jihatda ustun keldi, biz mag‘lubiyatga munosib edik, bu shubhasiz. Bu butun mavsumni yo‘qqa chiqarmaydi, biz juda kuchli jamoa bilan o‘ynadik. Bu erga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ammo bu mutlaqo yomon kecha edi.
Bu bosqichga chiqish juda mushkul bo‘ldi, biroq "Barselona" va "Bavariya" kabi jamoalarni mag‘lub etib, bunga erishdik. Futbolchilarimiz va murabbiyimizga tashakkur aytmoqchiman, biz 59 ta o‘yin o‘tkazdik va bu jamoa hamda klub ushbu bosqichga chiqishga munosib ekanligini ko‘rsatdi.
Inzagi haqida? Fikrim zarracha o‘zgarmadi. Kelasi hafta uchrashishga kelishib oldik. Inzagining shartnomasi yana bir yil amal qiladi va 4 yil davomida u qo‘yilgan vazifani uddalay olishini isbotladi, uning kasbiy mahoratini e’tirof etish lozim. Bir kechagi muvaffaqiyatsizlik barcha yutuqlarni yo‘qqa chiqarmaydi" - dedi "nerazzurrilar" rahbari.
Fikrlar