"Inter" MYuning yana bir futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

  • 8 yanvar, 2020, 11:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi joriy qishki transferlar davrida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Eshli Yangni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 34 yoshli futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolashadi.

Ta’kidlash kerakki, Yangning MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan.

Agar Yang milanliklar safiga ko‘chib o‘tsa, so‘nggi bir yil ichida “Manchester Yunayted”dan “Inter”ga ko‘chib o‘tgan 3-futbolchiga aylanadi. Bundan avvalroq Romelu Lukaku va Aleksis Sanches ham “Inter”ga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!