
"Inter Mayami" yirik hisobda g‘alaba qozondi. Messidan dubl
"Inter Mayami" Liga kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Atlanta Yunayted"ga qarshi o‘yinda 4:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 8-daqiqada Messi hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Taym so‘nggida Teylor jamoasining 3-goliga mualliflik qildi. 53-daqiqada vinger yana bir bor mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Inter Mayami" g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 6 taga etkazib, guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar