
"Inter Mayami" yana ikkita argentinalik futbolchini tarkibga qo‘shib olmoqchi
"Inter Mayami" Messi transferini amalga oshirganidan keyin uning do‘stlarini ham olib kelishga urinmoqda. Klubning oldinroq Suares, Alba va Busketslarga qiziqayotgani haqda xabarlar chiqqandi. Aqsh jamoasi bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas.
"Inter Mayami" Di Mariya va Paredeslarni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Anxel "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirmadi va erkin agentga aylanishi kutilmoqda. Leandrioning turinliklar bilan tuzilgan ijara muddati o‘z nihoyasiga etdi. Endilikda u PSJga qaytishi kerak.
Mish-mishlarga ko‘ra, Di Mariyani "Benfika" ortga qaytarishga jiddiy kirishgan. Saudiya Arabistonidan ham qiziqishlar kuchayib bormoqda.
Fikrlar