
"Inter Mayami" futbolchisi: Messining nima qilayotganini hamma ko‘rib turibdi
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Robert Teylor Liga kubogining guruh bosqichi doirasida "Atlanta"ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng argentinalik jamoadoshi Lionel Messi haqida gapirdi va uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Messi shu kuni dubl qayd etdi va golli uzatma ham amalga oshirdi.
“U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Menimcha, hamma uning maydonda nima qilayotganini ko‘rib turibdi. U to‘p bilan istagan narsasini qila oladi. U yuz foiz to‘g‘ri qarorlar qabul qiladi.
Uning kelishi bilan jamoa mahorati ancha oshdi. Eng muhimi, u bilan o‘ynash orzuim amalga oshdi”, - deydi finlyandiyalik futbolchi.
Fikrlar