"Inter Mayami" "Barselona" afsonasini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 5 iyul, 2023, 23:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Messini o‘z tarkibiga qo‘shib olgan "Inter Mayami" jamoani kuchaytirishga harakat qilmoqda. Klub Andres Inestani ham erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni o‘ylayapti. Bu haqda Kataloniyaning "RAC1" nashri xabar berdi. 

Tecno

Avvalroq, yarim himoyachi 5 yillik faoliyatidan keyin "Vissel Kobe" bilan xayrlashgandi. U ayni dam jamoasiz bo‘lib turibdi. 

Ma’lumot uchun, Inesta va Messi "Barsa"da 2005-2018 yillar oralig‘ida to‘p surgan. 2018 yili Andres Yaponiga yo‘l oldi. Oradan 3 yil o‘tib Messi ham o‘z jamoasini o‘zgartirdi. Endi ular yana bir klubda o‘ynashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!