"Inter" Luis Enrike bilan to‘liq kelishuvga erishdi

  • 7 iyun, 16:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yarim himoyachi Luis Enrike "Marsel"dan Milanning "Inter" klubiga o‘tdi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar bermoqda. 
 
Matbuotda 23 yoshli futbolchi "nerrazurrilar" bilan 5 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomani imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Transfer qiymati 25 million evro atrofida bo‘ladi. Enrike 2020 yildan buyon Frantsiya klubida o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda Luis "Marsel"ning 35 ta jangida qatnashib, 9 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum "Inter" A Seriyada ikkinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. So‘nggi bellashuv esa PSJga yirik hisobda yutqazdi (0:5).

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!